• O'zbekiston Respublikasi Samarqand sh, Ko`ksaroy maydoni 1a-uy

Yangiliklar

Hokim iste`molchilar uyida... 

Bugun Samarqand viloyat Urgut tumani hokimi B.Jabborov  “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” g‘oyasini amalda ro‘yobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda nafaqat davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari shuningdek, tadbirkorlik subyektlari amaliy ko‘magida O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Isteʼmolchilar uyi”  loyihasi doirasida Samarqand viloyati Urgut tumanidagi "Iste'molchilar uyi" ma`muriy kompleks  rekonstruksiya qilinishi jarayonlari bilan tanishdi va tegishli ko`rsatmalar berdi. 
Jamiyat binosi - nafaqat zamonaviy ko`rinishga egaligi bilan, balki  aholi (isteʼmolchilar)ga xizmat ko`rsatish uchun  barcha qulayliklarga egaligi bilan ham ajralib turishi zarurligi ta`kidlandi.