⚡️Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J. Sarimsoqov hamda Narpay tumani hokimi Sh.Rahmanov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda qator farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Narpay tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar xususida fikr almashildi.
Tuman hokimi federatsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi, fuqarolarning muammolarini tizimli o‘rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’molchilik madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.