Bugun Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand viloyat hududiy birlashmasida Federatsiya rahbari ishtirokida birlashma ijro etuvchi apparati hamda tuman (shahar) jamiyatlari raislari ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Yigʼilishda 2024-yilning 24-, 28- iyun kunlari Federatsiya ijro etuvchi apparatining hamda Federatsiya kengashining navbatdan tashqari yigʼilishlari qarorlarining ijrosi tanqidiy-tahliliy muhokama etildi.
Hududda aholining huquqiy ongi va isteʼmol madaniyatini yanada yuksaltirish borasida kelgusida qilinishi lozim boʼlgan ishlar yuzasidan masʼullarga tegishli koʼrsatmalar berildi.