1 milliard 164 million so'm mablag' iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Bugun Samarqand viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda viloyatda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish borasida 2024-yilning 1- choragi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʼrib chiqildi.
Shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda loyihalar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tinglandi.
Isteʼmolchilardan jami 329 ta murojaatlar kelib tushgan. Barcha arizalar tegishli tartibda oʼrganib chiqilgan. Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda eng koʻp murojaatlar savdo, kamunal, tabiiy gaz, elektr energiyasi va suv taʼminoti sohalaridan tushganligi bayon etildi.
Mazkur murojaatlarning 98 foizi ijobiy hal etilishi natijasida isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 1 milliard 164 million 284 ming soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi taʼminlangan.