• O'zbekiston Respublikasi Samarqand sh, Ko`ksaroy maydoni 1a-uy

Yangiliklar

2024-04-18

⚡️Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi J.Sarimsoqov hamda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi  J. Nasriddinov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qator farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.  Kattaqoʻrgʻon tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar xususida fikr almashildi.

Tuman hokimi federatsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, fuqarolarning muammolarini tizimli o‘rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.