• O'zbekiston Respublikasi Samarqand sh, Ko`ksaroy maydoni 1a-uy

Yangiliklar

⚡️Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi J.Sarimsoqov hamda Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi  I.Jabborov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qator farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.  Payariq tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar xususida fikr almashildi.

Tuman hokimi federatsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, fuqarolarning muammolarini tizimli o‘rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.